Maktab haqida

Ellikqal’a-Qoraqalpog’iston Respublikasidagi yosh va navqiron tumanlardan hisoblanadi. Mustaqillik sharofati bilan tumanda har yili yangidan-yangi salobatli binolar, о’quv dargohlari qad rastlomoqda. Tuman markazidagi ana shunday eng muhtasham maskanlardan biri  Ellikqal’a xalq talimi muassasalari faoliyatini metodik taminlash va tashkil etish bо’limiga qarashli 22-umumiy о’rta talim maktabidir.

 

 Mazkur maktab 1984-yilda qurilgan, maktab uzluksiz talim tizimining asosiy bо’g’ini bо’lib,u о’quvchi yoshlarga 1-9 sinf xajmida davlat talim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy о’rta malumot beruvchi kunduzgi majburiy talim muassasasidir. Maktab 1176-nafar о’g’il qizga mо’ljallangan bо’lib, о’quvchilar uchun  sport zal, kompyuter xonalari, kutubxona va axborot resurs markazi ishlab turibdi. Maktabda ta’lim tarbiya jarayoni О’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi Vazirligi tomonidan tasdiqlangan о’quv rejasi va dasturlarga muvofiq amalga oshiriladi.

         Maydoni 27600m2 ni egallagan, maktab atrofida katta bog’, yam-yashil archazorlar bо’y chо’zgan.  Bu mevali va manzarali daraxtlar maktab  oldidagi gulzorlar bilan birga yanada kо’rkamiroq tuyiladi. Maktab binosiga kirishingiz bilanoq, bu yerdagi yuksak did, orastalik va xushmuomalalikning guvohi bо’lasiz. Devorlardagi ajoyib kо’rgazmalar, manzarali lavhalardan tortib dars jadvali, о’quv metodik jihozlargacha mahorat bilan bezatilgan.

Bu tabiiy gо’zalliklar yuqori ilmiy  saviyada, interfaol usullarda, texnik vositalar yordamida tashkil etilayotgan ta’lim-tarbiya jarayoni bilan uyg’unlashib kо’nligizda ajib tarovat uyg’otadi.

Maktabdagi ta’lim tili О’zbekiston Respublikasining "Davlat tili tо’g’risida” gi va "Ta’lim tо’g’risida” gi Qonunlariga muvofiq belgilanadi. Ta’lim tilini tanlashda mazkur maktab xududida istiqomat qiladigan ota-onalarning xoxish-istaklari inobatga olinadi. О’quvchilarning aqliy zakovatini, erkin fikrlashini, ijodiy qobilyatlarini rivojlantirish yaxshi yо’lga qо’yilgan. Kimyo, Biologiya, Fizika fanlari uchun labaratoriya xonalari mavjud.

Maktab Koreyada ishlab chiqarilgan yetakchi kllaster sinfi bilan jixozlangan. Shuningdek, internet aloqalarini yо’lga qо’yish amalga oshirilgan,,,Ziyonet” tarmog’iga ullangan bolalar va о’smirlarning qiziqishlarini inobatga olgan xolda «Ziyonet» tarmog’i orqali ta’lim muassasalarining Xalkaro ta’lim berish va olish axborotlarini kiritishning imkoniyatlarini sezilarli darajada orttirish ishlari olib borilmoqda.

 

 

О’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning qaroriga asosan 2013-2014 о’quv yilidan boshlab respublikani barcha xududida chet tillarni, asosan ingliz tilini о’rganish umumtalim maktablarning birinchi sinflardan о’yin tarzidagi darslar va og’zaki nutq darslari shaklida, ikkinchi sinfdan boshlab esa, alifbo, о’qish va gramatikani о’zlashtirishdan bosqichma-bosqich boshlanadi. 

 О’quvchilarning xorijiy tillarni о’rganishda amaliyotni tadbiq qilishlari va chet el yangiliklari bilan о’z vaqtida tanishib borishlari uchun ingliz tili о’qituvchilari tо’garaklarda ish olib bormoqdalar.

Ma’lumki DTS ni ta’lim-tarbiya jarayoniga tо’la tadbiq qilish, mustaqil fikrlovchi, barkamol shaxsni tarbiyalashdek mas’uliyatli vazifalarni ado etishda о’qituvchilarning о’rni beqiyosdir. О’qituvchilar о’zaro darslarni kuzatish, yosh va tajribasi kam о’qituvchilarga uslubiy yordam berish, ochiq darslar rejalari ishlab chiqilgan. Shuningdek, о’qituvchilarni qayta tayyorlash va malakalarini oshirish kurslarida talim olish yо’lga qо’yilgan.

Hozirgi kunda maktabimizda 1486 о’quvchi taxsil olmoqda, ularga 17 ta oliy toifali, 36 ta 1-toifali, 35ta 2-toifali, 49 ta mutaxassis о’qituvchilar ta’lim bermoqdalar. Qoraqalpog’iston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi xay’at yig’ilishida, Respublika ta’lim markazi kengashi, vazir xuzuridagi yig’ilishlar, tuman xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bо’limi kengashlarida "Umumiy о’rta ta’lim maktablari о’quv tarbiyaviy ishlar bо’yicha direktor о’rinbosarining metodik xizmatini tashkil etishdagi muammolar” yо’nalishidagi masalalar muxokamasi atroflicha о’rganilib borilgan.

Ta’lim sifati eng avvalo, о’qituvchiyu, о’quvchilarning bilim darajasi, dunyoqarashi salohiyati bilan belgilanadi. Bu xususiyatlar esa ularning о’quv  va metodik qо’llanmalar bilan  qanchalik ta’minlanganligiga bog’liq. Shuning uchun ham kutubxonaning kitob zahirasini boyitishga aloxida etibor berilmoqda.190999 dona kitob kutubxona fondiga ega.17759 tasi darsliklar bо’lib,681 tasi badiy adabiyotlar,1338 tasi lotin yozuvidagi о’zbek alifbosida darsliklar ijara tizimi orqali о’quvchilarga tarqatiladi.Maktab Axborot resurs markazida  kundalik gazeta va oynomalar, о’quv qо’llanmalari, badiy adabiyotlar bor.

 

 Maktabdagi har bir adabiy kecha, ma’naviy va ma’rifiy  tadbirlarga katta tayorgarlik kо’radilar.

Maktab о’quvchilarining muvoffaqiyatlarini fanlar olimpiadasi va har xil kо’rik tanlovlarda xam kо’rish mumkin.Jumladan 2009-2010 о’kuv yilida fan olimpiyadasida 21 ta о’quvchi tuman olimpiyadasiga yо’llanma oldilar.2010-2011 о’quv yilida  25 nafar о’quvchi tuman olimpiyadasiga yо’llanma oldilar.2011-2012 yilda 26-nafar о’quvchi tuman olimpiyadasiga yо’llanma oldilar.2012-2013 о’quv yilda tuman bosqichida geografiya fanidan 9-sinf о’quvchisi Kalimbetov Dilmurod Qaxroman о’g’li faxrli 1 о’rinni, informatika fani bо’yicha Zaripova Maloxat 3-о’rinni, chizmachilik fani bо’yicha Egamberdiyev Axror Ergash о’g’li 1-о’rinni, Abdullayev Raxmatjon Maqsud о’g’li 2-о’rinni, rus tili fani bо’yicha Saidova Farangiz 1-о’rinni egallab Respublika bosqichiga yо’llanma oldilar. Maktabimiz о’quvchilari ,,Ajdodlar merosi-kelajak poydevori” kо’rik tanlovlarida  qatnashib Respublika bosqichiga yо’llanma oldilar.

 

О’quvchilarning jismoniy jixatdan sog’lom va barkamol bо’lib shakllanishlari uchun barcha imkoniyatlarga ega bо’lgan 1 ta sport zal, tashqi sport о’yingohi, volleybol maydonchasi faoliyat kо’rsatmoqda. Yaqinda maktabimizning о’quvchi qizlari ,,Barcha uchun gimnastika”bо’yicha О’zbekiston Respublikasi 6-ochiq chempionatida qatnashib,faxrli 1-о’rinni egallab keldilar.

 

Maktabimiz jamosi yangi –yangi yutuqlarni qо’lga kiritish uchun ahil va hamfikr bо’lib mehnat qilmoqda va izlanishlar davom etmoqda. Zero, buyuk ajdodlarimizdan meros qolgan ma’rifatparvarlik tuyg’usini har bir yosh qalbiga jo qilmoq uchun, biz uchun ham farz, ham qarzdir.Chunki bolalar qiyofasida mamlakatimiz ravnaqi, Vatanimizning parloq kelajagi namoyon bо’ladi.



Sana: 2013-03-04

Qidiruv tizimi

Tizimga kirish

Login:
Parol:
Siz:

Savolnoma

Qaysi fan siz uchun qiziqarli?

 

Kamolot yoshlar harakati