Toshkentda matematika va informatika bo‘yicha festival bo‘lib o‘tadi


Sana: 2018-03-05 | O'qildi: 113 marta

oriy yil 1-3-aprel kunlari «Lomonosov – 2018» forumi doirasida M.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahridagi filialida matematika va informatika bo‘yicha festival bo‘lib o‘tadi. 

Mazkur an’anaviy festival iste’dodli yoshlarni aniqlash va saralashga yo‘naltirilgan bo‘lib, unda qatnashish bepuldir. Buning uchun joriy yilning 30-martigacha http://msu.uz/forum2018 saytida ariza to‘ldirish kifoya. 

Festivalda mamlakatimizdagi umumta’lim maktablarining 9 va 10 sinflari, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar o‘quvchilari ishtirok etishi mumkin. Bunda ishtirokchilarga bitta yoki bir vaqtning o‘zida ikkita fan bo‘yicha qatnashish imkoni beriladi. Ishtirokchilar uch kun davomida matematika va informatikaga oid masalalarni yechadi. 

Festival g‘oliblari medallar va faxriy diplomlar bilan taqdirlanadi. 


Orqaga qaytish

Boshqa yangiliklar

Fikr bildirish

Familiya, ismi va sharif:*
E-Mail:*
Fikringiz:

Qidiruv tizimi

Tizimga kirish

Login:
Parol:
Siz:

Savolnoma

Qaysi fan siz uchun qiziqarli?

 

Ta'lim yangiliklari