Yozgi oromgohlar samarali tashkil etiladi


Sana: 2017-05-17 | O'qildi: 790 marta

Yozgi dam olish mavsumini to’g’ri tashkil etish, oromgohlarda bolalarning mazmunli va maroqli dam olishini ta’minlash masalasiga Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili jiddiy e’tibor qaratiladi. Jumladan, Joriy yilning 12 may kuni “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida “Oromgohlar faoliyati va yoz kontseptsiyasi tadbirlarini samarali tashkil etish yo’llari” mavzusida o’quv-seminari o’tkazildi.

Unda vazirlik boshqarmalarining mas’ul xodimlari, hududiy “Barkamol avlod” bolalar markazlari va axborot resurs markazlari rahbarlari ishtirok etdi.

Seminarda ma’naviy-ma’rifiy va kitobxonlik tadbirlari samaradorligi, oromgohlardagi kutubxonalarni ehtiyoj asosida etarlicha adabiyotlar bilan ta’minlash, maktablarda kunduzgi oromgohlar faoliyati va yoz kontseptsiyasi tadbirlarini tashkil etish to’g’risida so’z yuritildi. Qolaversa, joriy yilda oromgohlarda bolalar o’rtasida kitobxonlikni va mutolaa madaniyatini oshirishga qaratilgan tadbirlarga alohida o’rin berilishi va har mavsumning bir kuni alohida kitobxonlik kuni deb e’lon qilinishi aytib o’tildi.

Shuningdek, kutubxonalarni mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarga bag’ishlangan risolalar, jurnallar bilan ta’minlash, yozgi dam olish mavsumini har tomonlama namunali tashkil etib, bolalarning ko’ngildagidek hordiq chiqarishi uchun sharoit yaratib berishga e’tibor bilan qarash lozimligi takidlandi.

O’quv-seminari yakunida bolalarning yozgi dam olishlarini yuqori saviyada tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Manba:uzedu.uz


Orqaga qaytish

Boshqa yangiliklar

Fikr bildirish

Familiya, ismi va sharif:*
E-Mail:*
Fikringiz:

Qidiruv tizimi

Tizimga kirish

Login:
Parol:
Siz:

Savolnoma

Qaysi fan siz uchun qiziqarli?

 

Ta'lim yangiliklari