Islom Karimov asarlari bilimdoni aniqlandi


Sana: 2017-05-15 | O'qildi: 827 marta

O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan umumta’lim maktablarining 9-sinf o’quvchilari o’rtasida tashkil etilgan “Islom Karimov asarlari bilimdoni” ko’rik-tanlovining mamlakat bosqichi yakunlandi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning 2017 yil 25 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug’anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to’g’risida”gi qarori ijrosi doirasida o’tkazilgan tanlovda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri bosqichlari g’oliblari bahslashdi.

Ishtirokchilarning Birinchi Prezidentimiz asarlariga doir ijodiy ishi, mamlakatimiz Konstitutsiyasi, yurtimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqealar bo’yicha bilimi hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Navoiy shahridagi 11-umumta’lim maktabi o’quvchisi Aziza Botirova birinchi o’rinni egalladi.

– Birinchi Prezidentimiz Islom Karimovning asarlarida milliy g’oya va mafkuramizning asosiy tamoyillari, mamlakatimiz ravnaqi va yoshlar kelajagi borasida kontseptual fikrlar jamlangan, – deydi Azizaning o’qituvchisi Abduvali Xoliqov. – Asarlarning umumta’lim maktablaridanoq o’rganilayotganligi o’quvchilarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va ularda vatanparvarlik tuyg’usini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.

G’olib va sovrindorlar Xalq ta’limi vazirligining sovg’alari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi.

Manba:uza.uz


Orqaga qaytish

Boshqa yangiliklar

Fikr bildirish

Familiya, ismi va sharif:*
E-Mail:*
Fikringiz:

Qidiruv tizimi

Tizimga kirish

Login:
Parol:
Siz:

Savolnoma

Qaysi fan siz uchun qiziqarli?

 

Xorijiy tillarni o'rganamiz