Konstitutsiya – baxtimiz poydevori


Sana: 2016-12-13 | O'qildi: 903 marta

Xalq ta’limi vazirligi tomonidan har yili an’anaviy tarzda  10 noyabrdan – 10 dekabrgacha huquqiy-targ’ibot oyiligi tashkil etilib, oylik doirasida Bosh qomusimizning mohiyatini ochib berishga, o’quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum huquqiy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar intellektual musobaqalar, uchrashuvlar, ijodiy kechalar tashkil etiladi.

Jumladan, 2001 yildan boshlab Xalq ta’limi vazirligi tomonidan hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda umumta’lim maktabi o’quvchilari o’rtasida “Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” ijodiy ishlar tanlovi o’tkazib kelinmoqda. Mazkur tanlovni o’tkazishdan asosiy maqsad konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o’quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, faol yoshlarni qo’llab-quvvatlash hamda erishayotgan yutuqlarini keng targ’ib qilishdan iborat.

“Konstitutsiya – baxtimiz poydevori” ko’rik-tanlovi to’rt bosqich - maktab, tuman (shahar), viloyat hamda Respublika bosqichlarida o’tkazildi.

Ko’rik-tanlovning dastlabki bosqichida qariyib 2 mlndan ortiq 2-9 sinf o’quvchilari diktant, ijodiy bayon, insho va tasviriy san’at yo’nalishlarida ishtirok etdi.

Tanlovning tuman va viloyat bosqichidan muvaffaqiyatli o’tgan  iqtidorli yoshlar shu yilning 12 dekabr kuni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 15-sonli bolalar musiqa va san’at maktabida bo’lib o’tgan respublika bosqichida qatnashdilar.

Hakamlar hay’ati tomonidan o’quvchilarning ijodiy ishlari Bosh Qomusimizning mamlakatimiz va xalqimiz hayotida tutgan o’rni, har bir fuqaro taqdiridagi ahamiyati haqidagi tushuncha va qarashlarini erkin va teran ifoda etganligiga ko’ra xolis baholandi.

Ko’rik-tanlovning Respublika bosqichi g’oliblari Xalq ta’limi vazirligining diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandi. Tanlovda o’zlarining ijodiy ishlari bilan faol qatnashgan boshqa ishtirokchilar ham tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg’alari bilan mukofotlandi.

“Konstitutsiya – baxtimiz poydevori - 2016” ko’rik-tanlovi g’oliblari

Insholar yo’nalishida

1-o’rin – Halilova Hilola, Toshkent shahar Yakkasaroy tumanidagi 26-maktabning 9-sinf o’quvchisi

2-o’rin – Xolboeva Muborak, Navoiy viloyati Nurota tumani 4-sonli maktabning 9-sinf o’quvchisi

3-o’rin – Hoshimov Farrux, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi  20-maktabning 9-sinf o’quvchisi

 

Tasviriy san’at yo’nalishida

1-o’rin – Kim Olga, Xorazm viloyati Urganch shaharidagi 28-maktabning  8-sinf o’quvchisi

2-o’rin – Usmonova Mushtariy, Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 194-sonli maktabning 8-sinf o’quvchisi

3-o’rin – Boltaeva Sarvinoz, Surxondaryo viloyati Jarqo’rg’on tumanidagi 27-sonli maktabning 8- sinf o’quvchisi

Manba:uzedu.uz

 


Orqaga qaytish

Boshqa yangiliklar

Fikr bildirish

Familiya, ismi va sharif:*
E-Mail:*
Fikringiz:

Qidiruv tizimi

Tizimga kirish

Login:
Parol:
Siz:

Savolnoma

Qaysi fan siz uchun qiziqarli?

 

Kamolot yoshlar harakati