Tumanimizda "Yoshlarni ijtimoiy kayfiyati, muammolari va taklif-istaklarini o’rganishga qaratilgan uchrashuv bo’lib o’tdi


Sana: 2016-10-04 | O'qildi: 931 marta

O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 23 sentyabr kungi 08/1-76-son bilan ro’yxatga olingan “Yoshlarning ijtimoiy kayfiyati, muammolari va taklif-istaklarini o’rganish hamda natijasi yuzasidan qo’shimcha chora-tadbirlar belgilash to’g’risida”gi 2-sonli bayoni ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 2-oktyabr kuni Qoraqalpog’iston Respublikasi Ellikqal’a tumanida yoshlar muammolarini o’rganish bo’yicha uchrashuv o’tkazildi.

Uchrashuvda, “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Markaziy Kengashi bo’lim mudiri Masharipov Mansur, “O’zbeknavo” estrada birlashmasi xonandasi, O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan artist – Sardor Rahimov, Boks bo’yicha Olimpiyada g’olibi – B.Sultanov, tuman Hokimi – Ne’matilla Matkarimovich Xudaybergenov hamda hokimlik bo’limlari Arxitektura, Soliq qo’mita, Er resurslari va kadastri bo’limi, tijorat banklari tuman filiallari shuningdek yosh tadbirkor va fermerlar, “Kamolot” etakchilari va faollari, fan olimpiada g’oliblari, sportchilar, ijodkor yoshlar, yosh o’qituvchilar, korxona-tashkilotlarda mehnat qilayotgan yoshlar hamda uyushmagan yoshlardan iborat 300 nafarga yaqin yoshlar ishtirok etib, quyidagicha o’z muammo va takliflarini bildirishdi:

1. Saparbaeva Sabina – Ellikqal’a tibbiyot kolleji 3-bosqich talabasi - Tumanda “Yoshlar markazi” qurish taklifini;

2. Satimova Sarvinoz – Bo’ston akademik litseyi 3-talabasi – Akademik litsey va kasb-hunar kollejlarini imtiyozli diplom bilan tugatgan talabalarga oliy ta’lim muassasalariga kirishda imtiyoz berish taklifi;

3. Davletov Abdulla - An’anaviy karate-do sport turi bo’yicha joriy yil Isroil davlatida o’tkaziladigan Jahon chempionati yo’llanmani qo’lga kiritgan, 52-son umumta’lim maktabi “Kamolot” etakchisi Davletov Abdulla –

a). Yosh oilalar uchun 48 kvartirali 4 qavatli “Kamolot uyi”ni 2017 yil manzilli dasturga kiritish taklifi;

v). “Kamolot uylari”ni imtiyozga ega bo’lmagan oddiy yosh oilalarga ham berish taklifi;

4. Baltaeva Shoxsanam – Kandolatchilik faoliyatini yo’lga qo’yish uchun er maydoni ajratish va imtiyozli kredit 15 mln.so’m olish takliflari ochiq muloqatlar va yozma ravishda bildirib o’tdilar.

O’tkazilgan uchrashuvning maqsadi yoshlarning ijtimoiy kayfiyati, ularni qiynayotgan muammolarni, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va madaniy masalardagi taklif-istaklarini uchrashuvlar, ochiq muloqatlar uyushtirish orqali aniqlash hamda mahalliy va hududiy hokimliklar, davlat organlari va nodavlat tashkilotlar ko’magida amaliy chora-tadbirlar ishlab chiqishdan iborat.

O’tkazilgan uchrashuvlar davomida aniqlangan muammo va takliflar umumlashtirilib, taxlil etilib, mahalliy hokimliklar, hududiy hokimliklar, vazirlik va tashkilotlar hamda Vazirlar Mahkamasi doirasida hal etiladi.


Orqaga qaytish

Boshqa yangiliklar

Fikr bildirish

Familiya, ismi va sharif:*
E-Mail:*
Fikringiz:

Qidiruv tizimi

Tizimga kirish

Login:
Parol:
Siz:

Savolnoma

Qaysi fan siz uchun qiziqarli?

 

Kamolot yoshlar harakati