Hikmatli so'zlar

A. P. CHEXOV:

Har kim otasi va bobosi ko‘rgan va bilganiga qaraganda ko‘proq ko‘rish va bilishga intilmog‘i lozim.

Bilimlar kuni


Sana: 2014-09-03 | O'qildi: 3647 marta

Bu yil 587 ming nafardan ziyod o`g`il-qiz maktablarning birinchi sinfiga o`qishga bordi. An'anaga ko`ra 12 nomdagi sifatli o`quv anjomlari, darsliklar hamda o`quvchi sumkasidan iborat Prezidentimiz sovg`alari o`quv yilining dastlabki kunida ularga tantanali tarzda topshirildi. 



Davlatimiz rahbarining 2012 yil 10 dekabrdagi «Chet tillarni o`rganish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qaroriga muvofiq o`g`il-qizlarga bilim maskaniga ilk bor qadam qo`ygandanoq xorijiy tillar o`qitilmoqda. Bu yil 1-sinflar uchun 553 ming nusxa ingliz, 21 ming nusxa nemis, 17 ming nusxa frantsuz tili darsliklari qayta nashr etildi. 2-sinf o`quvchilari uchun 591 ming nusxa yangidan chet tili darsliklari va o`qituvchilar uchun 22 ming nusxa metodik qo`llanmalar chop qilindi. Ular o`quvchi kitobi, o`qituvchi uchun metodik qo`llanma va multimediali ilovalar (DVD-disk)dan iborat.
O`quvchilar 1-sinfda qiziqarli savol-javob, o`yin tarzidagi mashg`ulotlar orqali o`zga til olamiga olib kirilsa, 2-sinfda chet tilidagi so`zlarni nafaqat eshitish, balki gapirish, yozish va o`qish ko`nikmalarini egallay boshlaydi. Bu o`qituvchilardan o`ziga xos pedagogik bilim va mahoratni talab etadi. Shu bois yangi o`quv yili arafasida mamlakatimiz miqyosida 18 ming nafar chet tili o`qituvchisi maxsus malaka oshirish kurslarida o`qitildi. 
Joriy yil investitsiya dasturi asosida 381 maktabda qurilish-ta'mirlash ishlari amalga oshirildi. Ta'lim muassasalarini mebel, o`quv-laboratoriya asbob-uskunalari, kompyuter texnikasi, sport anjomlari va musiqa asbob-uskunalari bilan jihozlash ishlari olib borilayotir.
Yangi o`quv yili uchun 605 nomdagi 34,5 million nusxa darslik va o`quv-metodik qo`llanmalar chop etilib, joylarga etkazildi. Boshlang`ich sinf o`qituvchilari uchun ilg`or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida 7 nomdagi metodik qo`llanma hamda ularning multimediali ilovalari tayyorlandi. 
Biz dunyo tamadduniga beshik bo`lgan, jahon ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo`shgan ulug` allomalar avlodimiz. Buyuk ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak, g`ururlansak arziydi. 
Prezidentimiz Islom Karimovning 2014 yil 15-16 may kunlari Samarqand shahrida bo`lib o`tgan “O`rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tarixiy merosi, uning zamonaviy tsivilizatsiya rivojidagi roli va ahamiyati” mavzusidagi xalqaro konferentsiyaning ochilish marosimidagi nutqida bu haqda atroflicha so`z yuritildi. Mazkur nutqda bayon etilgan fikrlarni mamlakatimiz ta'lim tizimining barcha bo`g`inlarida chuqur o`rganish, uning mazmun-mohiyatini yoshlar ongi va qalbiga singdirish farzandlarimizni ulug` ota-bobolarimizga munosib bo`lishga, mamlakatimizda har tomonlama rivojlanish, yuksak marralarni zabt etish uchun yaratib berilgan sharoitlardan unumli foydalanishga ruhlantiradi. 
Davlatimiz rahbarining xalqaro konferentsiyadagi nutqi kitob holida nashr etilib, barcha ta'lim maskanlariga etkazildi. 2 sentyabr kuni “Mustaqillik darslari”da ushbu kitob asosida o`tilgan mashg`ulotlar saviyasini oshirish maqsadida 15 mingga yaqin ijtimoiy-gumanitar yo`nalishidagi professor-o`qituvchilar, taniqli olimlar, soha mutaxassislari jalb etildi. Shu bilan birga, mazkur darslarda mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan keng ko`lamli islohotlarning ma'no-mazmunini, tanlagan taraqqiyot yo`limiz, yangi demokratik davlat va fuqarolik jamiyati qurish borasida erishayotgan yutuq va marralarimizning mohiyati va ahamiyatini yosh avlod shuuriga ta'sirchan uslub va shakllarda etkazish, ularning qadr-qimmatini chuqur anglatishga alohida e'tibor qaratildi.

Manba: turebaev.uz


Orqaga qaytish

Boshqa yangiliklar

Fikr bildirish

Familiya, ismi va sharif:*
E-Mail:*
Fikringiz:

Qidiruv tizimi

Tizimga kirish

Login:
Parol:
Siz:

Savolnoma

Qaysi fan siz uchun qiziqarli?

 

Xorijiy tillarni o'rganamiz