Hikmatli so'zlar

E. ABU:

Siviliatsiya tarixini olti so‘z bilan ifodalash mumkin: qancha ko‘p bilsang, shuncha ko‘p qodirsan.

Tanlov g‘oliblari taqdirlandi


Sana: 2013-12-26 | O'qildi: 1770 marta

Toshkentda “Eng namunali xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti” respublika tanlovining final bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi kengashi raisi T.Norboyeva, “Tasviriy oyina” ijodiy uyushmasi raisi I.Latipov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar jarayonida xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularning oila va jamiyatdagi nufuzini yuksaltirish, salomatligini muhofazalash, o‘z salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun zarur sharoitlarni yaratishga qaratilayotgan doimiy e’tibor o‘z samaralarini berayotganini ta’kidladi.

Mustaqillik yillarida mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatimiz hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash, huquqlarini himoyalash, oila, onalik va bolalikni muhofazalashning mustahkam huquqiy asoslari yaratildi. Bu borada saksondan ziyod qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilinib, ularda belgilangan vazifalarning izchillik bilan hayotga tatbiq etilishi natijasida xotin-qizlarning jamiyatimizdagi faolligi oshib borayotir.

Davlatimiz rahbarining 2004-yil 25-mayda qabul qilingan “O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni ayollarni ijtimoiy himoyalashga oid ishlarni yanada kuchaytirish, salomatligini mustahkamlash, tadbirkorlikka oid ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini hayotga tatbiq etish uchun yaqindan ko‘maklashish, faoliyati xotin-qizlarga oid jamoat tuzilmalari ishini doimiy muvofiqlashtirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni sifat jihatdan yangi bosqichga ko‘tarishda muhim dasturilamal bo‘layotir.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi ayollarga oid davlat siyosatini keng jamoatchilikka yetkazish, mazkur tizim faoliyatini yanada jonlantirish, uning davlat va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini mustahkamlash, ayollarning ijtimoiy faolligiga oid yangi g‘oya va tashabbuslarni ilgari surish, ijtimoiy ahamiyatga molik dasturlarda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashga alohida e’tibor qaratmoqda. Ushbu jamoat tashkiloti tizimida bugungi kunda qirq bir mingga yaqin boshlang‘ich tashkilot faoliyat yuritmoqda.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkilotlarning faoliyatini yanada takomillashtirish, jamiyatimizdagi yangilanishlar va islohotlarning mazmun-mohiyatini keng aholi, jumladan, xotin-qizlarga yetkazishda ularning faoliyat samaradorligini yuksaltirish maqsadida 2011-yildan buyon “Eng namunali xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti” ko‘rik-tanlovini o‘tkazib kelmoqda. 2013-yilda tanlovning tuman va shahar bosqichlarida yigirma mingga yaqin boshlang‘ich tashkilot raislari ishtirok etdi. Ulardan sakson to‘rt nafari tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.

– Mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar bizning mahallamiz xotin-qizlari hayotida ham o‘zining yorqin ifodasini topayotir, – deydi tanlovning “Eng namunali mahalla xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti” nominatsiyasi yo‘nalishida birinchi o‘ringa sazovor bo‘lgan Buxoro viloyati Vobkent tumanidagi “Hojuvon” mahalla fuqarolar yig‘inining xotin-qizlar qo‘mitasi boshlang‘ich tashkiloti raisi Shahodat Asadova. – Ayollarning mehnatini munosib rag‘batlantirish, faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish mahallamiz faollarining doimiy e’tiborida. Bu borada tumanimizdagi davlat va jamoat tashkilotlari, moliya muassasalari bilan yo‘lga qo‘ygan hamkorlik aloqalarimiz o‘zining yuksak samaralarini berayotir.

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari, Respublika xotin-qizlar qo‘mitasi raisi E.Bositxonova so‘zga chiqdi.

Manba:www.uza.uz


Orqaga qaytish

Boshqa yangiliklar

Fikr bildirish

Familiya, ismi va sharif:*
E-Mail:*
Fikringiz:

Qidiruv tizimi

Tizimga kirish

Login:
Parol:
Siz:

Savolnoma

Qaysi fan siz uchun qiziqarli?

 

Umid nihollari