Hikmatli so'zlar

Har qanday bilim bizni gayratga undagan taqdirdagina qimmatlidir


(I. ETVES)

Narsalarga qiziqishing yo‘qolsa, xotirangdan ham ayrilasan


(I. GYOTE)

Inson bilimga intiladi va qachonki unda bilimga tashnalik so‘nsa, u insoniylikdan mahrum bo‘ladi


(F. NANSEN)

Bilimga eltuvchi yagona yo‘l, bu — faoliyatdir.


(B. SHOU)

O’z turmushini yaxshilash ehtiyoji aqliy mehnatga intilish zaruriyatini tug‘diradi.


(N. G. CHERNISHEVSKIY)

Bilim insonga hamma yo‘lida hamrohdir


(D. GURAMISHVILI)

Bilmaslik — ulg‘aymaslik, harakatsizlik bilan baravar.


(M. GORKIY)

Bilimsizlik kulfatdan qutulishning yomon vositasi.


(SENEKA)

Bilimsizlikdan hech qachon maqtanmaslik kerak: bilimsizlik — ojizlik.


(N. G. CHERNISHEVSKIY)

Siz nimani tushunmasangiz, u sizga begona.


(I. GYOTE)

Inson dunyoni qanchalik bilsa, o‘zligini ham shunchalik anglaydi.


(I. GYOTE)

Umrning butun ma’nosi mavhumlikni to‘xtovsiz zabt etish, tobora va hamisha ko‘proq bilishga intilishdir.


(E. ZOLYA)

Inson tushunib bo‘lmaydigan narsalarni ham tushunish mumkinligiga inonmog‘i lozim: aks holda, u bular haqida fikr yuritmay qo‘ygan bo‘lur edi.


(I. GYOTE)

Bilim manbai behad: insoniyat bu yo‘lda qanchalik yutuqlarga erishmasin, barcha odamlarning izlanishi, kashfi va bilimi uchun o‘rin topiladi.


(I. A. GONCHAROV)

Ilmdan bir shu’la dilga tushgan on
Shunda bilursankim, ilm bepoyon.


(A. FIRDAVSIY)

Bilganlarimizning cheki bor, bilolmagan narsalarimizning esa had-chegarasi yo‘q.


(LAPLAS)

Bilim — biz yashayotgan dunyoning mutlaq qimmatli boyligi. O’qimoq zarur, bilmoq zarur. Bilib bo‘lmaydigan narsa yo‘q, biz bilib olinmagan narsalar xususidagina gap yuritishimiz mumkin.


(M. GORKIY)

Ruhiyat ham tana singari muttasil ozuqlanishsiz yashay olmaslik qonuni izmidadir.


(L. VOVENARG)

Insonga bilimning zarurligini uqtirish, unga ko‘rishning ahamiyatini uqtirish bilan baravardir.


(M. GORKIY )

Odamlar mehnati bilan yaratilgan, fanda jamlangan bilim tobora o‘sib, teranlashib, beqiyos bo‘lib bormoqda va bizning bilish qobiliyatimiz, ijodiy quvvatimizning benihoya yuksalishi uchun tayanch xizmatini o‘tamoqda.


(M. GORKIY )

Qidiruv tizimi

Tizimga kirish

Login:
Parol:
Siz:

Savolnoma

Qaysi fan siz uchun qiziqarli?

 

Xorijiy tillarni o'rganamiz